BAKALAVRIAT FAKULTETI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5077-son qarorida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga bakalavr darjasidagi kursantlarni tayyorlash bo`yicha harbiy xizmatchilarni o‘qishga qabul qilish belgilangan bo‘lib ular universitetning Bakalavr fakultetida o‘qitiladi.
Bakalavriat fakultetining quyidagi ta'lim yo'nalishlarida amalga oshiriladi:
- Maxsus vazifalarni bajarish qo`shinlarni qo`mondonlik-taktik faoliyati (4 yil)
- Aniqlash va qo`riqlash tizimlaridan foydalanish bo`yicha qo`mondonlik-muhandislik faoliyati (4 yil)
- Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta`minlash (4 yil)
- Xavfsizlikni huquqiy ta`minlash (4 yil)
- Iqtisodiy xavfsizlik (4 yil)
- Xalqaro harbiy hamkorlikni huquqiy ta`minlash (4 yil)
- Qo`riqlash bo`linmalarining qo`mondonlik-taktik faoliyati (3 yil)
- Patrul-post xizmatining qo`mondonlik-taktik faoliyati (3 yil)
- Yo`l patrul xizmatining qo`mondonlik-taktik faoliyati (3 yil)
- Pasport tizimini huquqiy ta`minlash (3 yil)
BAKALAVRIAT FAKULTETINING VAZIFALARI:
- jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatni samarali tashkil etishga qodir bo‘lgan malakali mutaxassislarni tegishli ixtisoslik va huquqshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan holda o‘qitish hamda ularni jangovar va jismoniy tayyorgarlikdan o‘tkazish orqali maqsadli tayyorlash;
- Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun kadrlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali tizimini joriy etish, ularda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda vatanparvarlik va yuksak odob-axloq sifatlarini kamol toptirish orqali chuqurlashtirilgan holda tayyorlash;
- harbiy vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash yo‘nalishida o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyachilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- o‘quv jarayonini o‘qitishning zamonaviy shakl va uslublari, pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda nazariya va amaliyot uzviyligini ta’minlash orqali tashkil etish;
- oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, jamoat xavfsizligini ta’minlashning eng dolzarb muammolari bo‘yicha kompleks ilmiy tadqiqotlarni, shu jumladan mahalliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda, o‘tkazish;
- o‘quv jarayoniga xorijiy mamlakatlarning nufuzli ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining malakali mutaxassislarini jalb etish, shuningdek, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish va pedagogik tajriba almashish sohasida doimiy xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
O`QUV ISHLARI
Kursantlarga o‘quv mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida amalga oshiriladi. O‘quv xonalari zamonaviy texniik vositalar bilan jihozlangan. Kursantlar bilan o‘quv mashg‘ulotlari tasdiqlangan o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq o‘quv mashg‘ulotlari jadvali asosida o‘tkaziladi. Universitetning professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan o‘quv jarayonida Fakultetda o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borilishi ta’minlanadi. Fakultet kursantlarii uchun o‘qishga qabul qilingan o‘quv yili boshida bevosita Universitetda o‘quv jarayoni bilan dastlabki tanishtiruv hamda semestr davomida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ma’lumotlar beriladi. Kursantlarga
mavzular bo‘yicha topshiriqlar va ularni bajarish yuzasidan metodik ko‘rsatmalar beriladi. O‘quv jarayoni davomida o‘tkaziladigan ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda ilg‘or usul va texnologiyalardan (muammoli, interaktiv, ijodiy faoliyatni rivojlantirish, ijodiy vazifalarni guruh bo‘lib hal etish, hamkorlik pedagogikasi, individuallashtirish va boshqalardan) foydalaniladi. Kursantlar bir o`quv yili davomida 2 marta Qurolli Kuchlarga tegishli Chirchiq dala o`quv poligoniga borishadi. U yerda ular harbiy fanlardan egallagan nazariy bilimlarini amaliyotda qo`llashadi. Kursantlar o`qish davomida 2024-yilgi o`quv yilidan boshlab dual ta`lim tizimi joriy etildi. Bunda kursantlar birinchi Universitetda nazariy bilimlarga ega bo`lib keyinchalik ko`chaga chiqib egallagan bilimlarini amaliyotada mustahkamlaydilar. Fakultetda o‘qish tinglovchi va talabalarni bitiruv malakaviy ishlari himoyasi va Yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish bilan tugallanadi. Yakuniy davlat attestatsiyasi Fakultet uchun tasdiqlangan o‘quv rejasida nazarda tutilgan fanlar yoki fanlar majmuasi bo‘yicha o‘tkaziladi. Fakultetda ta’lim olgan tinglovchi va talabalarga Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining qarori bilan davlat namunasidagi diplom beriladi. Diplom ilovasi namunaviy o‘quv rejadagi fanlar va ularning hajmiga muvofiq ravishda to‘ldiriladi.
MA`NAVIY-MA`RIFIY ISHLAR
Ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash tadbirlari Milliy gvardiyaning normativ-huquqiy hujjatlari talablari asosida, o‘quv jarayoni bilan bog‘liq holda Universitet tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘limi, Fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan kursantlarning individual xislatlarini inobatga olgan holda kompleks tarzda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Besh muhim tashabbus” doirasida Bakalavr fakulteti kursantlari bilan ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkillashtirib kelinmoqda. Universitetda o‘tkazilgan “Zakovat”, “Viktorina”, “Huquqshunoslik” “Bilimdon” intellektual o‘yinlarda faol ishtirok etib, o‘zlarining bilimi va salohiyatlarini namoyon etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqdalar. Bakalavriat fakulteti kursantlari O`zbekistonda hamda jahonda tashkil qilinayotgan sport o`yinlarida o`zlarini yaxshi tomondan ko`rsatib faxrli o`rinlarni egallb kemoqdalar.
BAKALAVRIAT FAKULTETI KURSANTLARI ERISHGAN YUTUQLAR
- 2021 yil 3 noyabr kuni “Funktsional kо‘pkurash” sport turi bо‘yicha “Milliy gvardiya kubogi” musobaqasida Universitetning funktsional kо‘pkurash terma jamoasi umumjamoa hisobida 2 о‘rinni egalladi;
- 2021 yil 11-13 noyabr kunlari Chirchiq shahrida qо‘l jangi bо‘yicha yoshlar о‘rtasida о‘tkazilgan “Toshkent viloyati kubogi” Ochiq Chempionatida Universitet terma jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza medallarini qо‘lga kiritdilar;
- 3/29/43 QQ 17/19/37-sonli qо‘shma qaroriga asosan sportning “Voleybol” turi bо‘yicha musobaqasida Jamoat xavfsizligi universiteti terma jamoasi fahrli 1-о‘rinni egallab, diplom va kubok bilan taqdirlandi;
- 2022 yil 20 noyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida qо‘l jangi bо‘yicha “Yosh gvardiyachilar” ochiq cheppionatining kattalar va professional jangchilar о‘rtasida 20 yaqin jamoalar ishtirok etdi. Universitet terma jamoasi turli vazn toifalarida 5 ta oltin 6 ta kumush 6 ta bronza medallarini qо‘lga kiritdilar;
- Joriy yilning 13 noyabr kuni О‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Yangi О‘zbekiston bog‘ida “Yangi nafas” shiori ostida 3, 12 kilometr yugurish marafonida 500 dan ortiq ishtirokchilar bellashdilar mazkur musobaqada Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi faol ishtirok etib 3, 12 kilometr yugurish masofani bosib о‘tganligi uchun medallar bilan taqdirlandi;
- 2020 yil 9 yanvar kuni Milliy gvardiya tizimi doirasida ingliz tili bo'yicha o'tkazilgan viktorinada Black Eagles jamoasi 1 chi - o'rinni egalladi. Rahbarlar: Rashidova M.X., Namozova D.B., Utenbayeva G.M., Yoqubova I.R;
- kursantlar orasida 68 ta rus tilidan, 29 ta xitoy tilidan, 38 ta ingliz tilidan til bilish darajasi sertifikatlari qo`lga kiritilgan;
- Respublika fan olimpiadalarida 2020-yil "Oliy matematika" fanidan 1-o'rin, 2021-yil "Fizika" fanidan 1-o'rinlar qo'lga kiritildi;
- 2019-2020 o'quv yilida Bronetank va avtomobil texnikasi kafedrasi proffesor-o'qituvchilari rahbarligida institutning 2-3 bosqich kursantlari «Avtomobillar Texnik eksplutatsiya va Servisi» fanidan ventilyator olimpiadasida Respublika ko'plab faxrli o'rinlarni egallashdi. Jumladan, 4 ta Birinchi o'rin va 2 ta ikkinchi o'rinlarni 3-o'rinni egallashdi va Oliy va oʻrta maxsus ta'limi vaziri tomonida sertifikat berildi;
- 262B-o‘quv guruhi kursanti Toshpulatov A.F. 2021-yilda “Pedagogika” fanidan respublika fan olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi;
KURSANTLARNING HAYOTI
O‘qish davrida kursantlar uch mahal bepul ovqat, pul nafaqasi (stipendiya), kiyim-kechak, zarur o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanadi. Yil davomida kursantlarga yozda 30 kun, qishda 14 kun ta'til beriladi. Ta'tillarga borish va qaytish yo'lkiralari bepul. Dam olish va bayram kunlarida (jadvalga muvofiq) Universitetdan shaharga chiqish mumkin. Universitetga o'qishga kirgandan so'ng, kursantlar bilan o'qish muddati uchun shartnoma tuziladi. Universitet bitiruvchilariga “leytenant” harbiy unvoni, tegishli ta’lim dasturi bo‘yicha akademik bakalavriat darajasi, harbiy ta’lim muassasasini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom va ko'krak nishoni belgilangan tartibda beriladi. Universitet bitiruvchilari keyingi xizmat faoliyatini davom ettirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi barcha kuch tuzilmalariga yuboriladi.
UNIVERSITETDAGI YASHASH SHAROITLARI
Universitetda kursantlar uchun o'quv binolari, shu jumladan: - sinflar (60, 80 va 120 kishi uchun) - maxsus tayyorgarlik darslari; - sud-tibbiy ekspertiza maydonchasi; - laboratoriya binolari; - bosmaxonaga ega axborot-resurs markazi;
- 25 m suzish havzasi bo'lgan sport majmuasi;
- otish maydonchasi (25, 50 va 100 m.);
- o'quv-uslubiy situatsion markaz;
- madaniy-ma'rifiy markaz (klub);
- 1200 o'rinli oshxona;
- tibbiyot punkti;
- avtodrom;
- 20 boshli otxona;
- kursantlar shug`ullanishi uchun trenajorlar.
Kursantlar turar joylarida jihozlangan xonalar, kir yuvish mashinalari, yuvinish xonalari va dushlar. Har bir qavat uchun alohida kompyuterlar bilan jihozlangan va kitoblar bilan to`ldirilgan ma`naviyat xonalari.