Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучларида ҳарбий интизомни мустаҳкамлашнинг назарий ва ама…

Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучларида ҳарбий интизомни мустаҳкамлашнинг назарий ва амалий муаммолари

Bugun Jamoat xavfsizligi universitetida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy intizomni mustahkamlashning nazariy va amaliy muammolari” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Harbiy prokuraturasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, IIV Qorovul qoʻshinlari, Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasi, Qurolli Quchlar Akademiyasi,
FVV Akademiyasi, Mudofaa vazirligi Chirchiq OTQBY, Bojxona instituti, Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari, mintaqaviy markazlari, ixtisoslashtirilgan oʻquv markazi, Temurbeklar litseyi va musiqa maktabi harbiy xizmatchilari, professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, magistratura tinglovchilari, mustaqil izlanuvchilari, kursantlar va talabalar, shuningdek ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.

Konferensiya jarayonida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  1. Harbiy intizom asoslari va harbiy xizmatchilarda yuksak intizomni shakllantirish usullarini takomillashtirish.
  2. Yuksak harbiy intizomni shakllantirishdagi asosiy omillar tahlili.
  3. Harbiy intizomni mustahkamlashdagi shart-sharoitlar va sabablar tahlili.
  4. Harbiy qism (boʻlinma)lardagi ichki tartib va kundalik rejimning harbiy intizomni yanada mustahkamlashdagi oʻrni.
  5. Yuqori harbiy intizomni joriy etishda komandirlarning (boshliqlarning) oʻrni va rolini oshirish masalalari.
  6. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy intizomni mustahkamlashga oid amaldagi qonunchilik holati.
  7. Harbiy xizmatchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlanganligi intizomni mustahkalashdagi ta’siriga oid masalalar.
  8. Ragʻbatlantirish va intizomiy ta’zir choralarining harbiy intizomni mustahkamlashdagi oʻrni va ahamiyati.
  9. Harbiy xizmatchilarni intizomiy javobgarlikka tortishning nazariy va amaliy muammolarini tahlil qilish.
  10. Harbiy xizmatchilarning intizomiy javobgarlikka tortish bilan bog‘liq qonunchilikni takomillashtirish.

Konferensiyada ma’ruzachilar ishtirokchilarning savollariga javob berdilar hamda Konferensiya davomida bildirilgan takliflar va ilmiy tahlillar asosida ishlab chiqilgan nazariy xulosalar O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarida harbiy intizomni mustahkamlash bo‘yicha qonunchiligini va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish uchun mutasaddi tashkilotlarga yuborildi.

454
Chop etish
Text to speech