O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “O‘zbekistonda xotin-qizlarning…

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash v…

Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining asosiy vazifalaridan biri mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ayollarning rolini oshirish hamda ichki va tashqi siyosati, shuningdek, davlatda tinchlik va xavfsizlikning dolzarb masalalarini hal qilishda ayollarning vakolatlarini kengaytirish hisoblanadi.

Ushbu maqsadlariga erishish yo‘lida Universitet xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tomonidan bo‘lajak mutaxassislar, oliygohning go‘zal kursant qizlari bilan “O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash va oilaviy zo‘ravonlikni oldini olish masalalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur anjumanda o‘zining bilimlari bilan jamiyatimizda ajralib turgan ayollar qatnashdi. “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, Xalqaro toifadagi Spiker, “Mehnat shuhrati” Ordeni sohibasi, falsafa fanlari doktori, professor Shermuhamedova Jamila Tashpulatovna va O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti, huquqiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent, podpolkovnik Nurmuhammedova Guzal Baxodirovna shular jumlasidandir.

Tadbirda “Farovon oila – jamiyat ravnaqining asosi”, “Konstitutsiya – ayollar huquqlari kafolati”, “O‘zbekiston jinoyat qonunchiligida xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash va oilaviy zo‘ravonlik uchun javobgarlik masalalari” kabi masalalar alohida e’tiborga sazovor bo‘lib, keng muhokama qilindi.

Davra suhbatining yakunida professor Shermuhamedova Jamila Tashpulatovna tomonidan o‘zini baxtli xis qilish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazilib, barcha qatnashchilarga kelgusi oilaviy va xizmat hayotiga munosabatlarini shakllantirish bo‘yicha maslahatlar berildi.

Qatnashchilarning fikricha, shunday anjumanlarning muntazam ravishda o‘tkazilishi ayollarning oilaviy baxt, o‘zini barkamol shaxs sifatida rivojlantirishga olib kelishida roli juda katta. Anjuman yuqori saviyada do‘stona hamkorlikning rivojlanishiga zamin yaratdi.

271
Chop etish
Text to speech