Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “EKOLOGIK XАVFSIZLIKNING TАЪMINLА…

Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “EKOLOGIK XАVFSIZLIKNING TАЪMINLАSh АSOSLАRI” mavzusidagi …

Butun dunyoda sodir boʼlayotgan tabiiy ofatlar, klimatik oʼzganishlar oʼz aksini Insoniyat hayoti, salomatligida koʼrsatib kelmoqda.Аlbatta, bularning negizida asosiy sababchi boʼlib ham Inson oʼtiradi. Ekologik muammolar eng murakkab muammolar qatoriga kiradi, negaki ularni xal etishda kech boʼlgan muammolar ham bor. Bularni misoli sifatida, Ozon qatlamini yemirilishi, chuchuq suvning kamayishi, xavo xaroratining oʼzgarishi, Orol dengizining  qurishini keltirishimiz mumkin. Ekologik xavfsizlikni taʼminlash, atrof-muhitni ximoya qilish va eʼzozlash bugungi kunning eng dolzarb va muhim , global miqyosiga qoʼtarilgan masalasi boʼlib xisoblanadi. Shu sababli, ekologik xavfsizlik masalasi Milliy xavfsizlikning yoʼnalishlarida muhim ahamiyatga egadir. Bugun mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni asrab-avaylashga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda. Konstitutsiyamizda atrof-muhitga boʼlgan munosabatlarni tartibga solishning fundamental negizi mustahkamlab qoʼyilgan boʼlib, bu borada 30 ga yaqin muhim qonunlar hamda 200 dan ortiq qonunosti hujjatlari hayotga tatbiq etildi, qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilindi. Shular qatorida, 2019 yil 30 oktyabr kunidagi  “2030 yilgacha boʼlgan davrda Oʼzbekiston  Respublikasining  atrof muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PF 5863-sonli Farmoni, Oʼzbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 fevral kunidagi “Ekologik havfsizlik toʼgʼrisidagi umumiy texnik reglamentining tasdiqlash haqida”gi 95-sonli Qarori, Oʼzbekiston  Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” gi 03.10.2018 yildagi PQ-3956-son Qarori, Oʼzbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy-tadqiqot bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi  27.11.2018 yildagi qarori, 26.11.2018 yildagi 958-son Qarorida qoʼyilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida,  Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Tabiiy fanlar” va “Jamoat xavfsizligini taʼminlash” kafedralari hamkorligida 2023 yil 28 fevral kuni “Ekologik havfsizlikning taʼminlash asoslari”  mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʼlib oʼtadi. Konferensiya materiallari boʼyicha toʼplam nashr etish rejalashtirilgan.

Konferensiya ishida quyidagi tashkilotlar, muassasalar ishtirok etishdi:

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Oʼzbekiston Ekologik partiyasi
Oʼzbekiston Ekoharakati
Mirzo-Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Аkademiyasi
Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Аkademiyasi
Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar Аkademiyasi
Chirchiq oliy tank qoʼmondonlik-muxandislik bilim yurti
Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professor-oʼqituvchilari va magistrlar tarkibi.
Shu bilan birga, Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va Oʼzbekiston Ekologik Harakati oʼrtasida Hamkorlik Memorandumiga imzo qoʼyilish tadbiri oʼtkazildi. Mazkur Memorandum asosida: Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ijtimoiy sheriklik toʼgʼrisida”gi, “Ekologik nazorat toʼgʼrisida”, “Ekologik xavfsizlik” “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonunlariga amal qilish. Аtrof-muhit muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat, jamiyat va mamlakatning har bir fuqarosining vazifasi boʼlishiga erishishga koʼmaklashish:

- uzluksiz ekologik taʼlim va tarbiya tizimini takomillashtirish, aholining ekologik madaniyati darajasini yuksaltirish, ularda sogʼlom turmush tarzi koʼnikmalarini shakllantirish;

- yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga va yoshlarni tabiat hamda uning resurslariga ehtiyotkorona munosabatda boʼlish ruhida tarbiyalashga koʼmaklashish;

- Oʼzbekistonda olib borilayotgan keng koʼlamli islohotlar va undan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarning ijrosini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, ilmiy-amaliy nazariy ahamiyatga ega boʼlgan tadbirlar oʼtkazish, mamlakatda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish singari vazifalarni amalga oshirish boʼyicha ishlarning samaradorligini oshirishda ishtirok etish.

642
Chop etish
Text to speech