Namangan va Andijon viloyatlarida navbatdagi “VATANNING SODIQ YOSHLARI” nomli oʻquv yigʻin…

Namangan va Andijon viloyatlarida navbatdagi “VATANNING SODIQ YOSHLARI” nomli oʻquv yigʻini boshlandi

Mamlakatimiz Prezidenti 2024 yil 12 yanvar kunidagi Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yigʻilishida jamiyatimizda, yoshlarimiz orasida harbiy-vatanparvarlikni mustahkamlash, yoshlarni bandligini ta'minlash va ularni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha muhim topshiriqlar berib, uyushmagan yoshlarni nomma – nom biriktirish va ular bilan ishlash boʻyicha harbiy va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni toʻrt sektori boʻyicha biriktirilishi belgilandi. Jumladan, ana shunday yoshlar toifasining besh ming nafarini Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan  vatanparvarlik, jamiyat hayotiga dahldorlik, qonunga hurmat ruhida tarbiyalash va kasbga yoʻnaltirish boʻyicha oʻqitish va tarbiyalash belgilandi. Shu munosabat bilan Namangan va Andijon viloyatlarida yoshlarni vatanparvarlik, jamiyat hayotiga dahldorlik, qonunga hurmat ruhida tarbiyalash va kasbga yoʻnaltirish boʻyicha navbatdagi “VATANNING SODIQ YOSHLARI” nomli oʻquv yigʻini oʻtkazildi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Milliy gvardiya tasarrufidagi Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan yoshlarni vatanparvarlik, jamiyat hayotiga dahldorlik, ishchanlik ruhida tarbiyalash maqsadida Namangan va Andijon viloyatlari uyushmagan yoshlari ishtirokida "Vatanning sodiq yoshlari" nomli oʻquv yigʻini boshlanganligi haqida xabar bergan edik. Navbatdagi oʻquv yigʻini avvalida Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari hamda Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi boshchiligida yoshlar bilan "Yoshlar va rahbar uchrashuvi" tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir ochiq va samimiy ruhda boʻlib oʻtdi.

Tadbirda qoʻmondon oʻrinbosari tomonidan Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoyalash masalalari, muddatli harbiy xizmatni oʻtash tartibi, oliy harbiy ta'lim muassasalarida yaratilgan sharoitlar va tayyorlanadigan mutaxassislik kasb yoʻnalishlari, shuningdek, harbiy xizmat mobaynida yurt himoyachilari erishayotgan yutuqlar haqida yoshlarga batafsil ma'lumotlarni berdi. Shuningdek, oʻquv yigʻini doirasida yoshlar harbiy kiyim-kechak, oziq ovqat va transport ta'minoti bilan ta'minlandi. Ushbu o'quv yigʻinlari davomida yoshlarga harbiycha safda yurish qoidalari, huquqiy savodxonlik saboqlari, harbiy-vatanparvarlikning ustuvor yoʻnalishlari, oʻq otish tayyorgarligi, ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish, Chavandozlik mahorati, togʻ balandlikka chiqish kabi har bir navqiron yigit uchun hayotda zarur boʻladigan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

135
Chop etish
Text to speech