Harbiy vatanparvarlikni yuksaltirish - Yangi Oʼzbekiston taraqqiyotining garovi

Harbiy vatanparvarlikni yuksaltirish - Yangi Oʼzbekiston taraqqiyotining garovi

Joriy yilning 13 yanvar kuni Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi” tashabbusi bilan Respublikamizdagi Oliy harbiy oʼquv yurtlari miqyosida “Harbiy vatanparvarlikni yuksaltirish - Yangi Oʼzbekiston taraqqiyotining garovi” mavzusida Kursantlar ilmiy-amaliy anjumani oʼtkazildi.
Mazkur anjumanda Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Qurolli Kuchlar Аkademiyasi, Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi kursantlari oʼzlarining ilmiy maʼruzalari bilan qatnashdilar.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan kursantlar Universitet tomonidan tashkil etilgan “Tashakkurnoma”lar bilan taqdirlandilar.

274
Chop etish
Text to speech