Ta’lim turlari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETIDA O‘QUV JARAYONI

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va davlat boshqaruvi organlari uchun kadrlar tayyorlaydi. Universitet bitiruvchilariga leytenant harbiy unvoni, tasdiqlangan naʼmunadagi bakalavr (mutaxassis) diplomi va B,C toifali haydovchilik guvohnomasi beriladi. Universitetda o‘qish muddati (3 yil, 4 yil, o‘qish shakli - kunduzgi) xizmat stajiga kiradi. O‘qish davrida kursantlar o‘rnatilgan normalar bo‘yicha bepul yotoqxona, ovqatlanish, kiyim-kechak, stipendiya va boshqa taʼminotlar bilan taʼminlanadilar. O‘qish davrida kursantlar universitet hududida joylashgan maxsus binolarda yashaydilar. Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2019 yil 18 iyundagi 114 son buyrugʼi bilan tasdiqlangan 3 ta taʼlim (710000 – “Harbiy ish”, 730000 – “Huquqiy tartibotni taʼminlash (yurisprudentsiya)” va 740000 – “Iqtisodiy xavfsizlik”) sohalarining davlat taʼlim standarti asosida mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitetda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ofitser kadrlar tayyorlanmoqda.

  • 5710100-Maxsus vazifalarni bajarish qo‘shinlarning taktik qo‘mondonligi (kvalifikatsiya - Menejer)
  • 5730100-Milliy xavfsizlikni huquqiy  ta’minlash (kvalifikatsiya - Yurist)
  • 5710200-Xizmat faoliyatini psixologik ta’minlash(kvalifikatsiya - Psixolog)
  • 5710300-Aniqlovchi va qo‘riqlovchi elektiron tizimlarni tashkil etish va foydalanish bo‘yicha qo‘mondonlik-muhandisligi (kvalifikatsiya-elektrotexnik majmualari va tizimlari muhandisi)
  • 5740100-Ishlab chiqarishni tashkillashtirish va boshqarishning qo‘mondonlik-muhandislik (kvalifikatsiya-muhandis-iqtisodchi)

Universitetda o‘qitiladigan yo‘nalish (mutaxassislik)larning malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi bilan xamkorlikda ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan. O‘quv jarayoni o‘quv reja asosida ishlab chiqilgan ishchi o‘quv rejalarga mos holda tuzilgan dars jadvallari asosida o‘quv jarayonini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish bo‘limi hamda kafedralar tomonidan amalga oshiriladi. O‘quv jarayonini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy Nizomlari, universitetning Nizomi, Milliy gvardiya, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining taʼlim jarayoniga tegishli buyruq va farmoyishlarida qayd qilingan taʼlim sifatini oshirish va taʼlim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan barcha tadbirlar talab darajasida amalga oshiriladi.

Text to speech