Sayt test rejimida ishlamoqda

Ijtimoiy faoliyat

Ma’naviy-ma’rifiy va madaniy ishlar

Universitetda ma’naviy-ma’rifiy va madaniy ishlarni tashkil etishda asosiy e’tibor harbiy kadrlarni ma’naviy taxdidlardan ximoya qilish, ularda vatanparvarlik ruxini yanada kuchaytirishga qaratildi.

Oxirgi to‘rt yil davomida 148 ta ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashgulotlari olib borildi. Bundan tashkari, 98 ta intellektual uyinlar, 111 ta kitobxonlik kechalari, 66 marotaba ijodiy uchrashuvlar, 33 ta kitob yarmarkalari, 2 mingdan ortik siyosiy mavzularda targ‘ibot tadbirlari olib borildi. 468 ta madaniy tadbirlar tashkil etildi.

O‘tgan to‘rt yil davomida 114 nafar harbiy xizmatchilarga imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joy bilan ta’minlandi, 57 nafar harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga ukishga kirish uchun tavsiyanomalar ajratildi, 30 nafariga imtiyozli kreditlash sharti bilan engil avtomobillar berildi, Toshkent shaxrining Olmazor tumanida istikomat kiluvchi 73 nafar kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy yordam kursatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2020 yil 20 may kunidagi Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshirigiga asosan, Zaxiriddin Muxammad Boburning xayoti va ijodini o‘rganish va targib kilish yuzasidan amaliy qo‘llanma, fotoalbom, monografiya va risolalar chop etilib, respublika va xalkaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi, badiiy va xujjatli film yaratildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech