Magistratura

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti magistraturasiga ofitser lavozimlaridagi harbiy xizmatchilarni qabul qilish tartibi.

Magistraturaga qabul qilishdagi qo‘yiladigan talablar!!!

Universitet magistraturasiga 5 yil va undan ko‘p xizmat stajiga ega bo‘lgan, kamida «mayor» ofitser lavozimlarida xizmat o‘tayotgan, o‘qishga qabul yilining 31 dekabrigacha 45 yoshdan oshmagan harbiy xizmatchilar (xodimlar) qabul qilinadi. Magistraturaga o‘qishga qabul qilingan shaxslarning oxirgi egallab turgan lavozimi uchun belgilangan pul ta’minoti o‘qish davri mobaynida saqlab qolinadi.

Magistraturaga kirish uchun hujjatlar har yili 10 apreldan 1 iyunga qadar qabul qilinadi.

Universitet magistratura tinglovchilari kontingentini sifatli butlash uchun kasbiy tayyorgarlik, chet tili (chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlari mavjud bo‘lmaganlar uchun) va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha saralash imtihonlari hamda test sinovlari o‘tkaziladi. SHu munosabat bilan, iyun-avgust oylarida Universitetda yig‘in o‘tkaziladi.

Magistraturaga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar o‘zining bevosita komandirlari (boshliqlari) nomiga mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq bildirgi bilan murojaat qiladilar.

 

Text to speech