Universitet ilmiy-tadqiqot ishlari
2017 yil noyabrgacha Universitet ilmiy salohiyati 10% edi. Shulardan 3 nafar fan doktori, 15 nafar falsafa doktori (PhD), 2 nafar professor 8 nafar dotsent tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilga kelib 33 nafar fan doktori, 71 nafar falsafa doktori (PhD), 23 nafar professor va 83 nafar dotsentlar bo‘lib, umumiy Universitet ilmiy salohiyati 68.4 % tashkil etmoqda.
Universitet huzurida ilmiy darajalar beruvchi quyidagi ilmiy kengashlar mavjud:
- Harbiy fanlar bo‘yicha
- YUridik fanlar bo‘yicha
- Pedagogika fanlari bo‘yicha
- 2017 yildan Universitetda 3 ta fan tarmog‘idan jami 11 ta ixtisoslik bo‘yicha dissertatsiya himoyalari o‘tkazildi (2021y.-14ta)
- 2017-2021 yy. himoya qilgan harbiy xizmatchilar 31 nafar (2021y -13 nafar)
- 2017-2021 yy. himoya qilgan xizmatchilar 6 nafar (2021y-1nafar)
2017-2021 yillar oralig‘ida Universitetda ilmiy unvon olganlar:
- Professor 15nafar (2021-7)
- Dotsent 70 nafar (2021-18)
Bugungi kunda 7 nafar doktorant va 222 nafar mustaqil izlanuvchi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
- JXU professor-o‘qituvchilari tarkibidan: 119 ta
- MG markaziy devon va hududiy boshqarmalarida: 29 ta
- MG o‘quv markazlari shaxsiy tarkibidan: 29 ta
- Boshqa tashkilotlardan: 52 ta
2021 yilda 4 ta Xalqaro anjuman va 58 ta Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi.
Universitetda shu kunga qadar 49 ta Monografiya 56 ta Anjumanlar to‘plami 55 ta Ilmiy-amaliy tavsiyalar 28 ta Jamoat xavfsizligi ilmiy-amaliy jurnalida 324 ta Ilmiy maqola 1380 ta Tezislar 94ta Xalqaro to‘plam hamda 34 ta «Scopus» va «Web of science» kabi jurnalarda professor-o‘qituvchilarning ilmiy izlanishdardagi ishlari chop etilib Innovatsiya vazirligi tomonidan 5 ta davlat granti, 9 ta ixtirochilik va ratsionalizatorlik guvohnomalari va 34 ta patent hamda mualliflik guvohnomalari olindi.
Universitetning “Jamoat xavfsizligi” ilmiy-amaliy jurnali OAKning doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan. SHuningdek, Universitetda “Iqtidorli kursantlar” ilmiy-amaliy jurnali nashr etila boshlandi va nashr etilishi ham yo‘lga qo‘yildi.
Universitet professor-o‘qituvchilari 18 ta xalqaro onlayn konferen-siyalarda ishtirok etdilar, jumladan 4 tasi universitet kafedralari tomo-nidan tashkil etilgan.