Sayt test rejimida ishlamoqda

Bakalavriat

Abiturientga eslatma!

 Universitetga hujjat rasmiylashtirish ta'lim yo'nalishlari bo'yicha quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

a) mudofaa ishlari bo'yicha bo'limlar orqali:

  • "Maxsus vazifalarni bajarish qo'shinlarining  qo'mondonlik-taktik faoliyati";
  • "Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta'minlash";
  • "Xavfsizlikni huquqiy ta'minlash";
  • "Xalqaro harbiy hamkorlikni huquqiy ta'minlash";
  • "Iqtisodiy xavfsizlik";
  • "Aniqlash va qo'riqlash tizimlardan foydalanish bo'yicha qo'mondon lik- muhandislik faoliyati";
  • "Qo'riqlash bo'linmalarining qo'mondonlik-taktik faoliyati".

b) Ichki ishlar vazirligi hududiy bo'linmalari orqali:

  • "Yol'-patrul xizmatining qo'mondonlik-taktik faoliyati";
  • "Patrul-post xizmatining qo'mondonlik-taktik faoliyati";
  • "Pasport tizimini huquqiy ta'minlash".

QABUL QILISH TARTIBI

Universitetga o'qishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) har yili 1 fevraldan 20 martga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Abiturientlar taqdim etadigan hujjatlar:

  • ariza (bildirgi);
  • chaqiriluvchining qayd etilganligi to'g'risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi;
  • tarjimai hol;
  • anketa;
  • o'qish, ish yoki xizmatni o'tash joyidan tavsifnoma hamda ma'lumotnoma;
  • 3 x 4 sm o'lchamdagi 6 ta fotosurat hamda 4,5 x 6 sm o'lchamdagi 4 ta fotosurat;
  • ota-onasining Universitetga o'qishga kirishiga rozilik xati;
  • Universitetga o'qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (asli va nusxasi);
  • "Xalqaro harbiy hamkorlikni huquqiy ta'minlash"  ta'lim yo'nalishiga o'qishga kirishni xohlagan nomzodlar chet tilini bilish darajasi bo'yicha tegishli sertifikat bo'yicha tanlovda ishtirok etadilar;
  • ma'lumoti to'g'risidagi hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi;
  • Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat shaxsan ko'rsatiladi.

QABUL QILISH BOSQICHLARI

Universitetga nomzodlarni  saralab  olish va o'qishga qabul qilish tartibi O'zbek ist on Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021yil 6 avgustdagi 500-son qaroriga muvofiq belgilangan.

Universitetga qabul qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.

1 - bosqich. Dastlabki saralab olish davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o'tkaziladi:

  • hujjatlarni to'plash va o'rganish;
  • yakka tartibda suhbatlashish;
  • tibbiy ko'rikdan o'tkazish;
  • individual-psixologik o'rganish;
  • umumjismoniy tayyorgarlik darajasini

2 - bosqich. Dastlabki saralab olishdan muvaffaqiyatli o'tgan abiturientlar bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o'tkaziladi.

KURSANT VA TINGLOVCHILARGA YARATILGAN SHAROITLAR

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech