O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi uuniversiteti “Bronetank va avtomobil texnikasi” kafedrasi xizmatchisi professor G‘.S.Xamidov va kafedra dotsenti, t.f.b.f.d (PhD) podpolkovnik N.Sh.Gulyamovlar 2023 yilning 4 dekabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti Mexanika fakulteti 1-bosqich talabalari bilan “Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – yoshlar uchun ilm olish va bilimlarini namoyon etish garovidir” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning IX bobini 50-53-moddalarining mazmun mohiyati, xususan ta’lim tashkilotida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanishi hamda Oliy ta’lim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish huquqiga egaligi atroflicha yetkazildi. Ushbu davra suhbati savol javobga boy tarzda o‘tkazildi