“Fuqaroviy-huquqiy fanlar“ kafedrasi professori M.Axmedova o‘z murabbiyligidagi 102-o‘quv …

“Fuqaroviy-huquqiy fanlar“ kafedrasi professori M.Axmedova o‘z murabbiyligidagi 102-o‘quv guruhining bir qator tala…

Joriy yilning 11 noyabr kuni Universitet boshlig‘ining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bо‘yicha о‘rinbosari I.A.Maxmudovning 2023 yil 8 noyabrdagi “Maxsus fakultet” tomonidan Universitet professor-о‘qituvchilari tomonidan biriktirilgan murabbiylik guruhi talabalari bilan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi”ning ijrosini ta’minlash maqsadida, Universitetning “Fuqaroviy-huquqiy fanlar“ kafedrasi professori M.Axmedova o‘z murabbiyligidagi 102-o‘quv guruhining bir qator talabalari bilan Universitet klubiga tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida talabalarga klub faoliyati va u yerda yaratilgan shart-sharoitlar, hozirda faoliyat yuritayotgan Universitet muzeyi va katta tadbirlar zallari bilan tanishtirilib о‘tildi.
Ayniqsa, klubdagi tarixiy yodgorliklar va ajdodlar xotirasiga bag‘ishlangan suratlar talabalarda katta taassurot qoldirdi.

236
Chop etish
Text to speech