Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʼi, Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan yu…

Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʼi, Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan yurist, yu.f.d., professor,…

Joriy yilning 15 noyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali  oʼrtasida oʼzaro hamkorlik toʼgʼrisida Memorandum imzolandi.

Mazkur tadbirda G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori i.f.d.,akademik K.X.Аbdurahmonov tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʼi, Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan yurist, yu.f.d., professor, polkovnik Rustambayev Mirzayusup Xakimovich “Faxriy professor” ilmiy unvoni bilan taqdirlandilar.

E'tirof etish joizki, mazkur ilmiy unvon M.X.Raustambayev uchun navbatdagisi boʼlib, birinchi marta Qozogʼiston Respublikasi Olmaota IIV akademiyasining hamda ikkinchi marta Toshkent davlat yuridik universitetlarining “Faxriy professori” ilmiy unvonlariga muyassar boʼlganlar.

Shuningdek, memorandum doirasida G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali i.f.d.,akademik Аbdurahmonov Kalandar Xodjayevich tomonidan universitet Аxborot resurs markazi uchun iqtisodiyot sohasiga oid 100 dan ortiq darslik va oʼquv qoʼllanmalar sovgʼa qilindi. Mazkur universitetning rektori i.f.d.,akademik Аbdurahmonov Kalandar Xodjayevich bilan hammualliflikda Jamoat xavfsizligi universiteti “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi professor-oʼqituvchilari i.f.n.,dots L.Shayusupova va i.f.f.d.(Phd),dots. D.Irgashevlar hammualliflikda tayyorlangan “Mehnat iqtisodiyoti” va “Personalni boshqarish” fanlaridan darsliklar taqdimoti oʼtkazildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi nomidan ustoz Rustambayev Mirzayusup Xakimovichni samimiy muborakbod etamiz. Ustoz martabalaringiz bundan ham ulugʼ boʼlishini, ilmiy ishlaringizga omad va zafarlar hamda mustaxkam sogʼlik tilaymiz.

240
Chop etish
Text to speech