O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5077- son “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi uchun — jamoat xavfsizligini ta’minlash va Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun — xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash sohalarida malakali kadrlarni maqsadli tayyorlashni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ularning stajirovkasi bilan bog‘liq ishlar sohasida - zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan kafedraning boy intellektual va ilmiy-pedagogik mahoratga ega ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish bo‘yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirish.
![]() |
Kafedra boshlig‘i, p.f.f.d.(PhD), dotsent Alimardonov Zoxid Shukurillayevich |
![]() |
Kafedra boshlig‘ining о‘rinbosari, p.f.f.d. (PhD),dotsent Ikmatullayev G‘ayrat Zokirovich |
![]() |
Kafedra professori p.f.d.(DSc), professor Maxmudov Rozmet Muratovich |
![]() |
Kafedra professori, p.f.n.(PhD) , dotsent Xalilova Nargiza Ikromalievna |
![]() |
Kafedra dotsenti, p.f.n.(PhD), dotsent Xaydarov Ismoil Olloqulovich |
Kafedra hozirgi kunda juda ko'plab yutuqlarga erishgan jumladan:
262B-o‘quv guruhi kursanti Toshpulatov A.F. 2021-yilda “Pedagogika” fanidan respublika fan olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Professor-o'qituvchilarimiz davlat mukofotlari va esdalik nishonlari bilan taqdirlangan
Kafedra quyidagi ta'lim muassasalari bilan memorandum tuzgan:
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedogogika universiteti
Jizzax davlat pedagogika instituti
“Mahalla va Oila” ilmiy-tadqiqot instituti
Kafedra quyidagi ta'lim muassasalari bilan shartnomalar tuzgan:
Toshkent shahridagi YODJU universiteti
Toshkent shahridagi Vestminster universiteti
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Gubkina universiteti Toshkent shahridagi filiali
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar uchun Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligidan olingan guvohnomalar – 18 ta
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar uchun Intellektual mulk agentligidan olingan guvohnomalar – 5 ta
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan monografiyalar – 4 ta.